
Oʻzbekiston oltin sotishni kamaytirib, zaxirani oshirmoqda
2026 yil 1 oktabr holatiga koʻra, mamlakat zaxirasida 14,3 million unsiya (446,9 tonna) oltin saqlanmoqda. Mazkur hajm yanvar oyi boshida 12,6 million unsiya (391,9 tonna) edi. Toʻqqiz oy davomida zaxiradagi qimmatbaho metallar hajmi qariyb 55 tonnaga koʻpaygan.











